«Real» rahbariyati jamoaning barcha a'zolari maoshlarining bir qismini qisqartirmoqchi.
Madridliklar 2ta rejani ishlab chiqishdi. Jumladan, agar La ligada mavsum oxiriga etkazilsa, "Qirollik klubi" barcha sportchilarga maoshni 12 foizga kamaytirishni taklif etishdi. Agar mavsum oxiriga etkazilmasa, maoshlar 20 foizga qisqartiriladi.
Ma'lumotlarga qaraganda, «Real» basketbol jamoasi bu taklifga rozi bo'ldi. Rahbariyat futbolchilarning javobini kutmoqda.