Oldinroq "Real" rahbariyati "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni yozda sotib olmaslikka, transferni keyin yozga qoldirishga qaror qilgani haqida xabar bergandik.
"AS" nashrining yozishicha, "qirollik klubi" Mbappeni keyingi yili arzon narxda sotib olmoqchi. Hujumchining shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi, shuning uchun "Real" bir yilda Kilianning narxi 140 million evroga tushishiga umid qilmoqda.
Ushbu mavsumda 21 yoshli Mbappe "PSJ" safida 33 uchrashuvda maydonga tushdi, 30 gol urdi va 17 golga assistentlik qildi. "PSJ" hujumchiga shartnomani yangilashni taklif qildi, ammo tomonlar hali kelishuvga erisha olishmadi.