«Real» hujumchisi Alvaro Morata jamoani tark etishni maqsad qilgan.
Futbolchi etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani sababli, Qirollik klubi safida qolishni istamayapti.
Avvalroq, «MYu» uning transferi borasida «Real» bilan kelisholmagan edi. Madridliklar Morata uchun 90 mln evro so'ragach, muzokaralar to'xtatilgandi.
Endi esa «Milan» «Real»ning talabini bajarib, 24 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.