"Real"ning germaniyalik yarim himoyachisi Toni Kroos koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz tufayli futbolchilarning maoshi pasayishi haqida o'z munosabatini bildirdi.
"Maoshni qisqartirish — qurbonlik. Men futbolchilar maoshlarini to'liq olishlarini, qandaydir qismini xayriya ishlariga ajratib, qolgan qismini oqilona foydalanishini xohlayman. Yordamga muhtoj ko'plab tashkilotlar mavjud. Ko'plab klublar rejalashtirilgan daromadni ola olmayapti. Moliyaviy yo'qotishlar darajasi tanaffusning qancha muddat davom etishiga bog'liq.
Masalan, agar chempionat may oyida davom ettirilsa, u holda echib topiladi. Agar qishni kutish kerak bo'lsa, u holda ba'zi klublar qishgacha etib bora olmaydi. Bu futbolni o'zgartirib yuboradi. Futbol keyinchalik biz bilgandek bo'lmasligi mumkin", — Kroosning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.