Madridning “Real” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferidan voz kechmaydi. “Qaymoqranglilar” frantsiyalik iqtidor bilan 2021 yilning yozida shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Marca nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qirollik klubi” koronaviurs tufayli yuzaga kelgan krizis sababli futbolchining transferini keyingi yilga qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, “Real” ish haqqi byudjetini kamaytirish uchun 7 nafar futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor ekanligi to'g'risida xabarlar tarqalgandi.