"Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas xayriya o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni taklif qildi, unda qirollik klubining afsonaviy futbolchilari va "Barselona" ishtirok etishi mumkin.
"Bu dahshat tugagach, biz "Barselona" va "Real"ning afsonaviy o'yinchilarini to'plashimiz hamda "el-klasiko" o'tkazishimiz kerak. O'yindan tushgan mablag' xayriya ishlariga sarflanadi", deb yozdi Kasilyas o'z tvitterida.
Uchrashuvda ishtirok etish istagi allaqachon "Barselona"ning sobiq yarimhimoyachisi, hozirda Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubida o'ynayotgan Andres Inesta tomonidan bildirilgan.