«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl jamoani tark etish niyati yo'qligini aytdi.
«Bilaman, asosiy tarkibga qaytish oson bo'lmaydi. Biroq men aynan asosiy tarkibda o'ynash uchun bu jamoadaman. Men «Real»ni tark etish haqida umuman o'ylamaganman» - dedi Beyl Marca xabarida.
O'tgan mavsumda Beyl jarohatlar girdobida qolib ketdi. Primeraning 19ta o'yinida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 1ta golga hammualliflik qildi.