«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turinni tark etmoqchi emas. U jamoa bilan Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqishni istamoqda. Buning uchun esa tarkibni kuchaytirish uchun Marseloning "Yuve"ga kelishini xohlamoqda.
Krishtianu "keksa sinora" rahbariyatiga murojaat qilib, braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash kerakligini aytdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, «Yuventus» rahbariyati Marseloni kuzatishga va imkon bo'lishi bilan ushbu masalani o'ylab ko'rishga va'da bergan.
Ammo "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres chap qanot himoyachisini shartnoma yakunlanmasidan avval (2022) qo'yib yubormoqchi emas. Marseloning o'zi esa yana Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashga qarshi emas.
Braziliyalik futbolchi «Yuve»ga arzon tushmaydi. Boisi, uning transferi turinliklar uchun 25-30 mln. evroga, yillik maoshi esa 12 mln evroga aylanishi mumkin.