Biroq oradan deyarli bir yil o'tib, futbolchi Ispaniya poytaxtidagi faoliyatini omadli deb ayta olmaydi.
Xop, nega futbolchi va "Madrid"ning yo'llari boshqa-boshqa?
Eder hozirgi holatda Ramos va Varan bilan chinakamiga raqobatlasha olmaydi;Militao - Evropa Ittifoqidan emas, "Real" ushbu o'ringa jamoa uchun foydaliroq futbolchini kiritishi mumkin;Klub rahbariyati 22 yoshdagi boshqa kuchli markaziy himoyachi topa olishiga ishonmoqda;Uning transferidan "Real Madrid" 50 mln evro atrofidagi mablag' ishlab olishi mumkin;Bu Militao uchun ham foydali bo'ladi: futbolchi ortiqcha bosimsiz o'ynab, muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va yanada o'sishga erishishi mumkin.Sizning bu boradagi fikringiz qanday? Kech bo'lmasidan himoyachi bilan xayrlashish kerakmi?