1989 yilning 5 aprel kuni Evropa chempionlar kubogining yarim finalida «Real» o'z uyida «Milan»ni qabul qilgan. O'sha kuni «Santyago Bernabeu» stadioniga 100 ming muxlis tashrif buyurgan.
Bahsning 42-daqiqasida meksikalik Ugo Sanches mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 77-daqiqasida esa milanliklar hujumchisi Marko van Basten EChL tarixidagi eng chiroyli gollardan biriga mualliflik qilgan.
Ikki hafta o'tib «San-Siro»da o'tkazilgan javob o'yinida «Milan» «Qirollik klubi»ni tor-mor keltirib (5:0), finalga yo'l olgan edi. "Rossoneri" finalda g'alaba qozonib, Kubokni qo'lga kiritgan edi.