Niderlandiyaning "Ayaks", Londonning "Tottenxem" va Misr terma jamoasi sobiq hujumchisi Ahmad Hasan Midoning fikricha, Zinedin Zidan "Real" klubini ikkinchi marta qabul qilib olganidan so'ng, jamoaga hech qanday yangilik olib kelmadi.
- Menga Madridning "Real" klubi juda yoqadi. Bu mening Ispaniyadagi eng sevimli jamoam. Zidan ikkinchi marta jamoani qabul qilib olganidan so'ng, jamoaga hech qanday foyda bermadi deb hisoblayman. Aytishadi-ku, bitta ayolga ikki marta uylanmaslik kerak. Futbol hozirgi vaziyatda ikkinchi darajali narsaga aylandi. Albatta, inqiroz dunyodagi barcha jamoalarga salbiy ta'sir qiladi. Ammo, odamlarning hayoti futboldan ko'ra muhimdir, - Midoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.