Turinning "Yuventus" klubi sobiq bosh direktori Luchano Modji 2001 yili "Real" ketib qolmasligi uchun Zidanga bosim uyushtirganini tan oldi.
"Atalanta"ga qarshi o'yindan keyin kiyinish xonasida Zidanni olib chiqdim. Uni qo'yib yuborish niyatimiz yo'qligini Florentino Peresga etkazib qo'yishini talab qildim. Biz orzu ham qila olmaydigan pul bilan hech narsa qila olmasligini uqtirib qo'ymoqchi edim", - dedi Modji.
Yakunda baribir Zidan "Real" futbolchisiga aylandi. O'shanda madridliklar Zidanning tranferi uchun "Yuventus"ga 75 million evro to'lab bergandi.
Qizig'i shundaki, Zidan "Real"ga o'tib ketganidan keyin Modji muxlislar va OAVni futbolchi allaqachon o'z fikrlari bilan Ispaniyada ekanligi bilan bog'liqligiga ishontirgan edi.