Turinning “Yuventus” klubi “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn transferidan voz kechdi. Bu haqda Football Italia nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “Yuve” futbolchining moliyaviy talablarini qondira olmaydi. “Tottenxem” Keynning transferidan 150 million evro ishlab olmoqchi. Futbolchining o'zi esa yiliga 10 million evrodan kam maosh olmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga shuningdek, Madridning “Real” klubi ham qiziqish bildirmoqda.