«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn uchun kurashda yangi da'vogarlar paydo bo'ldi. «Manchester Yunayted» "o'yin"dan chiqqanidan keyin «Real» va «Manchester Siti» klublarida angliyalik futbolchiga qiziqish paydo bo'ldi.
"Express" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Keynning transfer narxi 150 million funtga baholanmoqda. Futbolchining o'zi «Tottenxem»ni tark etishi mumkinligini istisno qilmadi.
Keyn ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 25ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi. Xarri faoliyati davomida birorta sovrinni qo'lga kiritmagan.