«Real» hujumchisi Alvaro Morata yozgi transfer paytida "Qirollik klubi"ni tark etish choralarini ko'rmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi «Manchester Yunayted»ga o'tmay qolganidan hafsalasi pir bo'lgan. Endi u uchun eng qulay variant «Milan» bo'lib turibdi.
«Real» Morata uchun 90 million evro talab qilmoqda, ammo "qaymoqranglilar" va "rossoneri" o'rtasidagi do'stona aloqalar tufayli futbolchining transfer narxi 70 million evroni tashkil qilishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport tarqatgan xabarga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokara muvaffaqiyatli kechmoqda. Morata yaqin kunlarda «Milan»ga o'tadi va yillik maoshi 10 mln evroga teng shartnomaga imzo chekadi.