Yosh muxlislardan biri 28 yoshi futbolchidan jamoasining Ispaniya chempionati va ECHLda g'olib chiqish imkoniyatlari haqida savol berdi.
“Hozir qiyin davrni boshdan kechirayapmiz, ammo biz o'z ishimizni bajarishimiz lozim. Uyda qolishimiz va hukumat ko'rsatmalariga so'zsiz amal qilishimiz darkor. Albatta, biz Primero va ECHLda g'olib chiqishni istaymiz, ammo hozir bu haqda o'ylaydigan payt emas. Eng asosisysi koronavirus ustidan g'alabaga erishishmiz darkor”, deya Kazemironing so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Managing Madrid.
Qirollik klubi La Liga 27-turidan keyin turnir jadvalida ikkinchi pog'onani egallab turibdi. “Qaymoqranglilar” peshqadam “Barselona”dan ikki ochkoga ortda qolishmoqda. Jamoa shuningdek ECHL pley off bahslarida “Manchester Siti”ga qarshi ilk uchrashuvni o'kazib, o'z maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.