Frantsiyaning "Lill" klubi futbolchisi Bubakari Sumare faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettirishi mumkin.
Le10Sport portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Real" klubi frantsiyalik tayanch yarim himoyachini sotib olish payiga tushib qoldi.
Yozda "Real" katta tarkibiy tuzilmani amalga oshirishi va ustuvor yo'nalishlardan biri markaziy yarim himoyani kuchaytirishi kutilmoqda. Shu sababli, "Qirollik klubi" rahbariyati yozda "Lill" klubi futbolchisi Bubakari Sumareni sotib olish yo'llarini izlashmoqda.
21 yoshli futbolchi uchun «Real» klubi «Liverpul», «Barselona» va «Manchester Yunayted» klublari bilan kurash olib borishiga to'g'ri keladi.