Argentinaning «Rasing» klubi prezidenti Viktor Blanko ayni paytda Italiyaning "Inter" klubida to'p surayotgan Lautaro Martinesni Madridning "Real" klubi sotib olishga harakat qilgani haqida so'zlar berdi.
«Bizga "Real" klubi skautlari tashrif buyurishdi va ular Lautaro borasida ijara shartnomasini tuzish niyatida ekanliklarini aytishdi. Shuningdek, hujumchini keyinchalik katta mablag' evaziga sotib olish uchun mo'ljallangan ehtimoliy shartnoma ham mavjud ekanligini aytishdi. Lekin, Martinesni o'zi "Real"ning bu taklifini rad etdi va "Rasing" klubining bir qismi sifatida sovrinlar yutish uchun "Real"ga bormasligini aytgandi.
Lautaro Martines o'z oldiga maksimal natijalarni qo'yadigan futbolchi sanaladi, u doim nima xohlayotganini biladi. «Real» uni o'z safiga qo'shib olish uchun qat'iy qaror qildi va bizga jiddiy taklif bilan chiqdi. Ammo, u o'sha paytda "Rasing" klubida qolishni afzal bilgandi», — dedi Viktor Blanko.