"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa futbolchisi Krishtianu Ronalduga ko'proq ta'til berishni ko'zlamoqda.
Xabarlarga ko'ra 32 yoshli futbolchi Madridda tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng 3,4 kun o'tib yana ta'tilga chiqib ketadi. Ronalduni oldinda turli xil tadbirlar va Yaponiyadagi xamkorlar bilan o'ziga xos uchrashuv (tadbir) kutib turibdi.
Krishtianu mashg'ulotlarga faqat iyul oyining so'nggi kunlarida kirishadi va 30-iyul kuni AQSHda bo'lib o'tadigan "El Klassiko"da ishtirok etmaslik imkoniyati juda yuqori. Shuningdek, hujumchi 8-avgust kuni UEFA Superkubogida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda ham maydonga tushmaslik imkoniyati yuqori, sababi Zidan Ronaldu mashg'ulotlarga kirishganidan so'ng hech bo'lmasa 10 kun maydonga tushmasligini xohlamoqda.
Shu munosabat bilan Marca nashri tahminiga ko'ra Ronaldu 13-avgust kuni Ispaniya Superkubogida "Barselona"ga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda.