Madridning “Real” klubi “Borussiya” safida ijrada o'ynayotgan himoyachisi Ashraf Hakimi bilan yangi shartnoma imzoladi.
Marca nashrining xabariga ko'ra, “Real” 21 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2023 yilgacha uzaytirdi. Uning avvalgi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan edi.
Eslatib o'tamiz, Hakimi joriy mavsum 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 10ta golga assistentlik qilgan. Futbolchi xizmatiga “Bavariya”, “Yuventus” va PSJ klublari ham qiziqish bildirayotgan edi.