Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos faoliyatini “Valensiya” yoki “Sevilya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, ispan klublari 23 yoshli futbolchini yozgb transfer vaqtida o'z safiga qo'shib olish uchun kurashadi. Futbolchining o'zi ham faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Sebalos joriy mavsumni “Arsenal”da ijarada o'tkazmoqda.