AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Madridning "Real" klubi koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq moliyaviy noaniqlik sababli, Ashraf Xakimi bilan shartnomani uzaytirish masalasini keyinroqqa qoldirdi.
Avvalroq, "Real" Xakimi bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirishi haqida ma'lumotlar tarqatilgan edi.
Ayni paytda Xakimi faoliyatini ijara asosida Dortmundning "Borussiya" klubida davom ettirmoqda. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyun oyigacha amal qiladi.