«Real» rahbariyati himoyachi Ashraf Hakimiy bilan shartnomani uzaytirish borasida ishlarni to'xtatib qo'ydi.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, koronavirus pandemiyasi oqibati yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz tufayli madridliklar yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni keyinroqqa surishdi.
Ushbu mavsumni Dortmundning "Borussiya" klubida ijara asosida o'tkazayotgan Hakimiyning "Real" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. "Qirollik klubi" kelishuvni 2025 yilgacha uzaytirmoqchi.