"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl yozda "Real"ni tark etmasligi mumkin. Uelslik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning qarorlariga rozi bo'lgan holda shartnomaning oxirigacha "Santyago Bernabeu"da qolishga qaror qildi. Frantsiyalik mutaxassis bilan "san-man"ga borish yaxshilikka olib kelmasligini 30 yoshli futbolchi tushunib etdi.
Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqiroz tufayli birorta ham klub uning talablarini qondira olmasligini Beyl tushunib turibdi. Shuning uchun Garet "Real"ni tark etmoqchi emas.
Beyl ushbu mavsumda La liga doirasida 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.