Stadion.uz davlat sifatida tan olinmagan xalqlar orasidan etishib chiqqan futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi.
Anri Xagush
RossiyaAbhaziyadavlatinitanolganbo'lsada, budavlatningtermajamoasimavjudemas. Shimoliy kavkazliklar Rossiya tassarufida bo'lgani bois, ushbu yurt futbolchilari ham Rossiya terma jamoasi bayrog'i ostida harakat qiladi.
Anri Xagush shu kunga qadar RPLda harakat qilgan yagona abhaziyalik futbolchi sanaladi. Bundan tashqari, u o'z vaqtida BATE safida EChL uchrashuvlarida o'zini ko'rsatishga ham ulgurgan. To'g'ri, u ayni damda Tulaning “Arsenal” klubida zahira o'rindig'ida qolib ketmoqda, biroq u Abhaziya futbolini ko'klarga ko'targan birinchi futbolchi sanaladi.
Uinston Rid
Maori millati haqida eshitganmisiz? Yangi Zelandiyada istiqomat qiluvchi ushbu xalq o'zining baquvvat regbichilari bilan butun dunyoga mashhur.
Yangi Zelandiya regbichilari regbi uchrashuvi oldidan tushadigan, fishkaga aylanib ketgan “jangchi raqsi” ham aynan maori xalqiga tegishli. Ushbu millat futbolchilari ichida eng mashhuri Uinston Rid sanaladi. Qahramonimiz o'z vaqtida “Vest Hem” safida APL yulzuzlariga qarshi maydonda to'p surishga ulgurgan. Ayni damda, Rid o'z yurtida futboldan sir-asrorlaridan dars bermoqda.
Serdar Tashchi
Tashchi O'zil singari Germaniyada tavallud topgan va ulg'aygan. Nuri Shahin singari turk millatiga mansub sifatida ommaga tanildi. Aslida, esa Serdar kurd milatigaga mansub. Bugungi kunda Turkiyada istiqomat qiluvchi kurdlar bilan turklar o'rtasida ziddiyat bo'lishiga qaramay, Serdar “Spartak” muxlislari Turkiya bayrog'ini yoqib yuborgani bois Moskvani tark etdi.
Ilzat Ahmetov
Ilzat Ahmetov – Rossiya, O'zbekiston, Qirg'iziston, Xitoyda istiqomat qiluvchi uyg'ur millati farzandi sanaladi. Qahramonimiz sport24 nashri uchun bergan intervyusida buni o'zi tan olgan va uyg'ur millatining qiziqarli odatlari bilan tanishtirib o'tgan:
“Bishkekda uyg'urlar juda ko'p. Kamida 150 ming kishini tashkil etsa kerak. Biz uyg'ur urf-odatlariga rioya qilishga harakat qilamiz. Misol uchun, bizda hali-hamon to'ylar bir hafta davom etadi. Avvaliga kuyov tomon bayram uyushtirsa, keyin kelinning uyida bazm bo'ladi. Bizning to'ylarda doimo mehmonlar ko'p bo'ladi. O'ylashimcha, ularning soni 300 kishidan oshib ketsa kerak”.
Bibras Natxo
Natxo “Rubin” va “TsSKA” jamoalari safida chempionlikni qo'lga kiritgani bilan barchaga yaxshi tanish futbolchi. Qahramonimiz Isroilda tavallud topgan va bugungi kunga qadar shu yurt terma jamoasida to'p suradi. Shunga qaramay, Bibrasning millati cherkes sanaladi.
“Otamning buvasi Kavkazdan Turkiyaga qochib o'tgan. Keyinchalik Turkiydan Isroilga ko'chib ketadi. To'g'rirog'i, u ko'chib borgachgina Isroil davlati tashkil topmagan edi.
Men cherkes millati farzandi sifatida tug'ildim va aynan cherkeslar bilan birga katta bo'ldim. Men musulmonman, biroq Isroilda istiqomat qilaman. Men uchun bu juda muhim omil. Sababi, Isroil fuqarosiman!”
Raja Nainggolan
Nainggolan aslida Sumatra orolida yashab kelayotgan batak millati farzandi sanaladi. Bu millat Toba ko'li bo'yidagi erlarda istiqomat qiladi va etnik jihatdan janubiy mongoliodlar sirasiga kiradi.
Andrea Pirlo
Siz hayron bo'lishingiz mumkin, biroq Pirlo lo'lilar avlodiga mansub. Aytishlaricha, Pirloning buvasi Italiyaga sharqiy Evropadan ko'chib kelgan ekan. Mahalliy xalq ushbu millat vakillarining ustidan kulish maqsadida Andreaning buvasiga Pirlo familiyasini olishni tavsiya qiladi. Italyan tilida “pirla” so'zi ahmoq ma'nosini anglatadi. Futbolchining buvasi o'ylab o'tirmay Pirlo familiyasini qabul qiladi va oradan yillar o'tib barchaning yodidan ko'tarilib ketadi. Shuningdek, Xesus Navas va Rafael Van Der Vart singari yulduz futbolchilar etnik jihatdan lo'li oilasiga mansub ekanligini yashirib o'tirishmaydi.
Mahmud Daud
Serdar Tashchidan farqli o'laroq, Daud Suriyadagi Kurdistonda tavallud topgan. Bu Turkiya va Iroq chegarasi yaqindagi shaxarning nomi. Mahmud 10 oylik bo'lganida, uning oilasi Germaniyaga ko'chib o'tadi va futbolchi o'zining ilk futbol saboqlarini Germaniyadagi “Fortuna” klubida oladi. Keyinchalik “Borussiya Durtmund” sharafini himoya qilgan yarim himoyachini bugun Suriya terma jamoasi o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Rikardo Kuarejma
Rikardo tomirida lo'lilarning qoni bor ekanligini yashirib o'tirmaydi. Futbolchi o'zining «tatu»larida ham buni tasdiqlab o'tgan. Hatto uning turli retuallar bilan shug'ullanishi borasida ham mish-mishlar mavjud. Bu haqida futbolchining o'zi quyidagicha fikr bildiradi:
“Portugaliyada nimadir sodir bo'lsa, birinchi navbatda lo'lilar, qoratanlilar va migrantlar sababchi bo'ladi. Bunday yashash oson emas”.
Zlatan Ibrahimovich
Ibrani doimo muxlislar turli yo'llar bilan asabiga tegishga harakat qilishadi. Ana shulardan biri uning aslida qanday millatga mansub ekanligini yuziga solish sanaladi. Zlatan o'zini shved ekanligini ko'p bor ta'kidlaganiga qaramay, unda bosniyaliklar qoni bor ekanligi hech kimga sir emas. Shunga qaramay, Ibrahimovichning ota-bobolari sint (lo'li) ekanligidan xabaringiz bormi? Biz uchun bu g'alati eshitilishi mumkin, biroq lo'lilar Evropada juda keng tarqalgan etnik millat sanadli. Shu sababli, buning hayron qoladigan eri yo'q chamamda.