AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Frantsiyaning "PSJ" klubi Madridning "Real" klubi futbolchisi Ashraf Xakimini qo'lga kiritmoqchi.
Eslatib o'tamiz, marokashlik futbolchi ayni damda faoliyatini "Borussiya" Dortmund klubida ijara asosida o'tkazmoqda. Biroq, "Real" o'z futbolchisini "Borussiya"da qolishiga qarshi va marokashlik futbolchini jamoaga qaytarmoqchi.
Parijliklar yozda shartnomasi o'z yakuniga etadigan Tomas Myonening o'rniga Xakimini munosib o'rinbosar sifatida ko'rishmoqla.
O'z navbatida Xakimining "Real" klubi bilan shartnomasi keyingi yilning yozida o'z yakuniga etadi va hali yangi shartnoma borasida muzokara olib borilmadi.