Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoani tark etmoqchi emas. Bu haqda As nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi shartnomasining so'nggiga qadar “Santyago Bernabeu”da qolmoqchi. Uning “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Modrich 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan vva 5ta golga assistentlik qilgan.