«Real» rahbariyati yarim himoyachi Xames Rodrigesning kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi. Kolumbiyalik futbolchi yozgi transfer paytida «Madrid»ni tark etadi, deya xabar tarqatdi "AS" nashri.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning Xamesdan butunlay hafsalasi pir bo'ldi. Shuning uchun rahbariyatga uni sotib yuborish kerakligini aytdi.