Madridning “Real” klubi himochisi Ashraf Xakimi faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri yozmoqda.
Manbaning xabarigaa ko'ra, “keksa sinoralar” marokashlik himoyachini o'z safiga qo'shib olishga tayyor. Uning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchi ayni damda “Borussiya Dortmund” safida ijarada o'ynamoqda. Futbolchi yozda “Real”ga qaytishi kerak.