«Real» hujumchisi Karim Benzema «Chelsi» hujumchisi Olive Jiru haqida aytgan so'zlariga izoh berib o'tdi. Avvalroq frantsiyalik futbolchi o'zini "Formula-1"ga, terma jamoadagi sobiq jamoadoshini esa "karting"ga o'xshatgan edi.
«Men shunchaki haqiqatni aytdim. Men uning terma jamoa muvaffaqiyatlariga qo'shgan hissasini ham ta'kidlagandim. Ammo barcha buni unutdi. Ha, men Formula-1 bo'lsam, uni kartingga o'xshatgan edim. Bu haqiqat. Mening fikrimcha, shunday. Agar meni braziliyalik Ronaldo bilan taqqoslasangiz, u holda u Formula-1 bo'ladi, men esa karting. Bor gap shu», — dedi Benzema "AS" nashriga bergan intervyusida.