«Real» yarim himoyachisi Marko Asensio tizzasidan olgan jarohatidan to'liq forig' bo'ldi. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.
Futbolchi o'tgan yilning iyul oyida jarohat oldi. Shu bois, u 8 oy davomida maydonga tusha olmadi. Asensio yanvar oyida individual dastur asosida mashg'ulotlarni boshlagan edi. Endi esa u to'p bilan ishlashi mumkin.