Marca nashrining yozishicha, koronavirus sababli “Real” rejalariga o'zgartirish kiritishga majbur bo'ldi.
Manbaning xabariga ko'ra, pandemiya sabab madridliklar krizisga uchrashuvi mumkin. “Qirollik klubi” ayni damda futbolchilar va homiylariga maoshlarni to'layapti. Shu sababli, “Real” yozda katta transferlarni amalga oshirmaydi.
Yozda madridliklar “Real Sosedad”da ijarada o'ynayotgan Martin Edegorni qaytaradi. Joriy mavsum Martin La Ligada 4ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi.