Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar Evropa Chempoinatining keyingi yilga qoldirilishiga o'z munosabatini bildirdi.
«Evro-2020gacha tiklanishga umid qilayotgandim. Endi menda ko'proq vaqt bor, — dedi Azar, – 2021yilda barchasi boshqacha bo'ladi. O'ylaymanki, Evropa chempionatining keyingi yilgi qoldirilishida muxlislar xafa, ammo, ular ushbu musobaqani stadionga tashrif buyurib to'laqonli tarzda tomosha qilishadi. Hozirgi vaziyatda bu musobaqani o'tkazishni imkoni yo'q.
Hayotda to'g'ri ustuvor vazifa qo'yishingiz kerak. Ha, bo'sh tribunalar ruhiy tomondan ham salbiy ta'sir ko'rsatadi, ammo, inson salomatligi qimmat turadi.
Muxlislar singari futbolchilar ham ijobiy yangilik kutmoqda.
O'ylaymanki, 2021 yili katta Evropa Chempionati bo'lib o'tadi. Bu ko'chirilishdan keyin har bir inson qo'shimcha g'ayratga ega bo'ladi va g'alaba qozonish istagi yuqori bo'ladi», — dedi Azar.