"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu hamon jamoa o'yinchilari bilan maoshlarning qisqartirilishi borasida kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.
"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Real" koronavirus pandemiyasi paytida maoshlarni kamaytirish chorasini qo'llamayotgani uchun "ko'k-anorranglilar" futbolchilari rahbariyat taklifiga rozi bo'lishmayapti.
Bundan tashqari, "Barsa" rahbariyati hozirgi paytda qanday holatga tushgani haqida moliyaviy hisobotni taqdim etmagani bois o'yinchilar Bartomeuga ishonishmayapti.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" o'yinchilari, jumladan, Krishtianu Ronaldu 4 oy mobaynida maosh olmaslikka qaror qilishdi.