Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eden Azar bir kun kelib jamoa etakchisiga aylanishiga shubha bildirmasligini aytib o'tdi.
"U "Real" hamda Belgiya terma jamoalaridagi ma'suliyatni bo'yniga olish uchun juda qulay yoshda. Azar La Ligaga va "Real"ga moslashib oldi. Uning yagona muammosi jarohati bo'lib turibdi. Bu mavsumda Azarning omadi chopmadi. Omad futbolda muhim rol o'ynaydi", - Martinesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.