SHartlar: Toshkent vaqti bilan 21:00da Ronaldu va Messi mavzusida dastlabki savol beriladi. Keyingi savollar 5 daqiqa oralig'ida berib boriladi. Savollarning umumiy soni 10ta.
Agar Ronaldu muxlisi sifatida javob bermoqchi bo'lsangiz, javobdan oldin yoki keyin 1 raqamini qo'ying, agar Messi ishqibozlari jamoasida bo'lsangiz javobga 2 raqamini qo'shib qo'ying. Jamoa raqami qo'yilmagan javoblar hisobga olinmaydi.
Har bir to'g'ri javob uchun Ronaldu yoki Messi jamoasiga 1 balldan beriladi. Savol birinchi aniq javobgacha davom etadi. Agar ikkala jamoa vakili bir daqiqa ichida to'g'ri javob bersa, har bir jamoaga 1 balldan beriladi.
YANGILASH
1.Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'z terma jamoalarida urgan gollari soni nechta?Javob: Ronaldu 99ta - Messi 70ta. To'g'ri javob muallifi - RAKUTEN.Ronaldu - Messi 0:1
2. Ronaldu hamda Messi jamoalari o'rtasidagi bahsda ikkala futbolchi gol urgan dastlabki uchrashuv sanasini ko'rsating.Javob: 2011 yil 9 fevral. Argentina - Portugaliya 2:1 (o'rtoqlik o'yini)To'g'ri javob: yo'q.Ronaldu - Messi 0:1
3. Ronaldu va Messi faoliyati davomida necha marta xet-trik qayd etishgan?Javob: Ronaldu 56 - Messi 54.To'g'ri javob muallifi: BurgansoyRonaldu - Messi 0:2
4. Krishtianu va Lionel faoliyati davomida nechtadan gol urishgan?Javob: Ronaldu 725 - Messi 697To'g'ri javob muallifi: MonoblokRonaldu - Messi 1:2
5. Messi - Ronaldu to'qnashuvida birinchi bo'lib "Oltin to'p"ni qaysi futbolchi qo'lga kiritgan va qachon qo'lga kiritgan?Javob: Krishtianu Ronaldu (2008)To'g'ri javob mualliflari: Yokubov, Monoblok Ronaldu - Messi 2:3
6. Ronaldu hamda Messining 2020 yilda urgan gollari soni qancha?Javob: Ronaldu 13 - Messi 9To'g'ri javob muallifi: MonoblokRonaldu - Messi 3:3
7. Krishtianu Ronalduning farzandlari sonini va ularning ismlarini ayting.Javob: 4 nafar farzandi bor. Krishtianu Ronaldu junior, Eva Mariya, Meteo Ronaldu va Alana Martina.To'g'ri javob mualliflari: Nodirjon Abdurasulov, Yokubov.Ronaldu - Messi 4:4
8. Lionel Messining kenja o'g'li CHironing tug'ilgan yilini ayting.Javob: 2018.To'g'ri javob mualliflari: Yokubov, Javoxir Baxronov.Ronaldu - Messi 5:5
9. Messi Argentina yoshlar (U20) terma jamoasi safida nechta uchrashuvda maydonga tushgan?Javob: 18taTo'g'ri javob mualliflari: Yokubov, GROMRonaldu - Messi 6:6
10. Krishtianu Ronaldu APLdagi dastlabki mavsumida nechta gol urishga muvaffaq bo'lgan?Javob: 4taTo'g'ri javob muallifi: MMMReal Ronaldu - Messi 7:6
O'yin yakunlandi. Umumiy hisob: Ronaldu 7:6 Messi