Koronavirus "qirollik klubi" iqtisodiyotiga "zarba" berdi.
“Real” o'z byudjetidagi balansni to'g'rilash maqsadida yozgi transfer vaqtida 5 nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Marca nashri yozmoqda.
Ro'yxatda birinchi o'rinda yuqori maosh oladigan yarim himoyachi Garet Beyl turibdi. Shuningdek, “qaymoqranglilar” uelslik futbolchidan tashqari Luka Modrichdan ham qutulmoqchi.
Qolaversa, madridliklar Xames Rodriges va himoyachilar Nacho Fernandes, Marselo bilan ham xayrlashadi. Braziliyalik futbolchini “Yuventus” o'z safiga qo'shib olmoqchi.