Ispaniya OAVsi tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Madridning «Real» klubi jamoa yarim himoyasisi Lukas Vaskes bilan xayrlashishga tayyor.
Klub rahbariyati 28 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas. "Real" hamda Vaskeslarning o'zaro tuzgan shartnomasi 2021 yilning yozida o'z yakuniga etadi.
Ushbu qaror "Real" klubi rahbariyati tarkibda keng ko'lamdagi o'zgarishlarni amalga oshirishi sababli qabul qilindi.
Vaskes «Real» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u o'zining dastlabki uchrashuvini 2015 yili o'tkazgandi.