“Agar biz mavsumni yakunlay olsak, zarar ko'lami ancha qisqaradi, vaziyat biroz yumshaydi. Aks holatda esa qiyin bo'ladi. Ammo bu haqida gapirishga erta”, — deydi “Real”ning biznesni rivojlantirish bo'limi direktori Deyv Xopkinson.
Malumot uchun, “Real” maoshlar uchun yiliga 400 mln evro atrofida mablag' sarflaydi. Avvalroq “Barselona”ning klub xodimlari va futbolchilari maoshini qisqartirishi haqida xabar berilgandi.