«Real»ning sobiq himoyachisi Roberto Karlos “PSJ” hujumchisi Neymar nima sababdan Madrid klubiga o'tishi kerakligini tushuntirdi.
“Agar nimadir menga bog'liq bo'lganda, Neymar allaqachon “Real”da o'ynayotgan bo'lardi. Ammo hayotda hammasi biz xohlagandek kechmaydi. Buyuk futbolchilar hamisha jahonning eng kuchli klublarida to'p surishlari kerak. Bugungi kunda ko'plab o'yinchilar “Real” safiga qo'shilishni istashadi. Chempionlar Ligasida g'olib chiqmoqchimisiz? “Real”ni tanlang”, - dedi sobiq himoyachi.
Roberto Karlos 1996-2007 yillarda «Real» safida to'p surgan.