"Real" sobiq prezidenti Lorenso Sansning jasadi yoqilganmi yoki yo'qmi, oilasi buni bilmaydi. Eslatib o'tamiz, Sans 21 mart kuni koronavirusga chalinishi oqibatida 77 yoshida vafot etgandi. Ispaniyadagi o'likxonalar esa pandemiya tufayli hozir juda gavjum.
Xabarlarga ko'ra, Sansning o'g'li (uning ham ismi Sans) otasining jasadi o'likxonada yo'qolganini da'vo qilgandi. Ammo ikkinchi o'g'il bu ma'lumotni rad etdi.
Uning aytishicha, Sansning oilasi jasadning qaerdaligini biladi, ammo yoqib yuborilganmi yoki yo'qmi, noma'lum.