Norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegor “Real Madrid”ga qaytmoqchi emas. Martin “qirollik klubida” asosiy tarkibda muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmasligini yaxshi tushunib turibdi. Edegorni “Real Sosedad”da barchasi qoniqtirmoqda va u San-Sebastyanda qolishga tayyor.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi yaqin orada madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan kelajagi borasida gaplashib oladi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Martin La Ligada 4ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qildi.