Madridning "Real" klubi o'z stadionini koronavirusga qarshi foydalanish uchun Madrid ma'muriyatiga topshirdi.
"Santyago Bernabeu" o'yingohida karantin davrida zarur narsalar va materiallar saqlanadi, keyinchalik ular tibbiyot tashkilotlariga tarqatiladi.
Shuningdek, klub xayriyaga berilayotgan moddiy materiallarni ham o'z stadioniga jo'natishni taklif qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Ispaniyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 50 mingga yaqinlashdi, vafot etganlar soni 3,5 mingdan oshdi.