"Real" hujumchisi Luka Yovich yozgi transfer oynasida Madrid klubini tark etishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 22 yoshli serbiyalik futbolchi "Chelsi"ning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan
"Real" Yovich bilan xayrlashishga tayyor. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan serbiyalik hujumchini ijaraga bermoqchi va uning o'rniga boshqa hujumchini olishni rejalashtirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, kelishuvning moliyaviy tafsilotlari aytilmagan.
Shuningdek, futbolchiga "Napoli", "Milan" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.