Bugungi kunning eng dolzarb muammosiga aylangan koronavirus epidemiyasi Evropaning top-chempionatlariga ta'sir ko'rsatib, futbolchilarni kutilmagan «ta'til»ga jo'natdi.
Xo'sh, bunday paytda millionlar o'yinining taniqli vakillari nimalar bilan bandlar? Albatta, ularda jismoniy holatlarini saqlab turishning o'ziga xos uslublari bor. Bundan ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar darak berib turibdi.
Aynan qanday usullar haqida gap borayotganini quyidagi fotojamlanma orqali bilib olishingiz mumkin.
Serxio Ramos formani saqlab qolish ilinjida. «Real» sardori yugurish yo'lakchasini «qiynayapti»
Ispaniya chempionatidagi tanaffusdan unumli foydalangan Arturo Vidal o'zini basketbolchi rolida sinab ko'rdi
Aleks Oksleyd-Chemberlen ajoyib tarzda raqsga tushdi. Aftidan, futbolchi Chempionlar Ligasidan chiqib ketishganidan unchalik xafa emas
Lorentso Insine o'zining vokal bo'yicha iqtidorini namoyish etdi
Koronavirusga yo'liqqan Dushan Vlaxovich tushkunlikka tushmay, shug'ullanishda davom etmoqda
Mark-Andre ter Shtegen mashg'ulotlarni to'xtatmagan, futbol inventarlari — «Barselona» kiperining yaqin do'stlari
Jordi Alba vaqtini o'g'li bilan o'tkazmoqda. Bolakay otasiga to'purarlik salohiyatini namoyish etdi
Matteys De Ligt mashhur fleshmobga qo'shilib, hojatxona qog'ozi bilan oyoqlari yordamida jonglyor ko'rsatdi
Karim Benzema karantinni yomon ko'rishini tan oldi. U nima bilan shug'ullanishni bilmayapti
Shkodran Mustafi oyoqlari bilan ishlayotgan bo'lsa ham, qo'llarini yuvishni unutmaydi
Lionel Messi vaqtini farzandlari davrasida o'tkazmoqda
Alissonning kuchli mashg'ulotlari uyda ham o'zgacha tarzda davom etadi
Jorjino Veynaldum karantinda futbolsiz zerikib qoldi
«Borussiya Dortmund»ga qarshi o'yin arafasida Kilian Mbappe koronavirus kasalligi bo'yicha test topshirgandi
Tiago Silvaning oilasi koronavirusning futbolga kirishiga qarshi
Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi