“Manchester Siti” vingeri Riyad Mahrez jamoada qoladigan bo'ldi. Bu haqda Sky Sports nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “shaharliklar” qanday taklif bo'lishidan qat'iy nazar futbolchini sotmaslikka qaror qilishgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Riyadga “Real” va PSJ klublaridan jiddiy qiziqishlar bo'layotgan edi. Futbolchi joriy mavsum 23ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va 10ta golga hammualliflik qilgan.