Ispaniyada mavsum iyul oyiga qadar cho'ziladigan bo'lsa, "Real" muammoga duch kelishi mumkin.
UEFA milliy chempionatlarda mavsum 30 iyun kuni yakunlanishini istamoqda. Chempionat may oyi o'rtasida boshlansa va har 48 soatda bitta tur o'yinlarini o'tkazish orqali belgilangan muddatni mavsumni yakunlash mumkin. Ammo musobaqaning qayta davom ettirilishi cho'ziladigan bo'lsa, mavsum iyul oyiga ham o'tib ketadi.
Bunday holatda Zidan jamoasida faqatgina bitta darvozabon — Tibo Kurtua qoladi. "PSJ"dan olingan Alfons Areolaning ijara muddati 30 iyun kuni yakuniga etadi va iyul oyining birinchi kuni u o'z jamoasiga qaytishi kerak. Kurtua o'rinbosar sifatida "Kastilya"ning 20 yoshli posboni Diego Altube qoladi. Bu darvozabon "Real"ning asosiy tarkibida hali debyut qilmagan.
Bundan tashqari, 30 iyun kuni "Madrid" safiga Lyuka Zidan ("Rasing") va Andrey Lunin ("Ovedo") ijarada qaytishadi. Ammo ukrainalik posbon La liga uchun ro'yxatdan o'tkazilmagan.
"Qirollik klubi" Areolaning ijara muddatini uzaytirish borasida "PSJ" bilan kelishuvga erishib, vaziyatdan chiqib ketishi mumkin. Agar parijliklar "Real" taklifiga rozi bo'lishsa, Zidan UEFA tomonidan futbolchilar shartnomalarini mavsum oxirigacha avtomatik tarzda uzaytirilishiga umid qiladi.
Eslatib o'tamiz, Kurtua mart oyi boshida jarohat olgan edi. Hozirda u tiklanish mashg'ulotlarini boshlab yubordi. Agar Tibo iyun-iyul oylarida jarohat olsa, "Real" uchun bu jiddiy muammoga aylanishi mumkin.