Don Balon nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Real"ning kolumbiyalik futbolchisi Xames Rodrigesni qo'lga kiritish ilinjida.
Shuningdek, Xamesga "Everton" va "Vulverxempton" klublari ham davogarlik qilishmoqda, ammo, "shaharliklar" nafaqat talab qilingan mablag'ni to'lashga rozi, balki, portugaliyalik futbolchisi Bernardu Silvadan ham voz kechishga tayyor.