“Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yozda jamoasini o'zgartiradi. Iqtidorli futbolchi xizmatiga bir nechta top klublar kurashmoqda.
AS nashrining yozishicha, futbolchi uchun kurashda “Liverpul” va “Real Madrid” etakchilik qilmoqda. Shuningdek, Kamavingani PSJ hamda “Barselona” ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Ma'lumot uchun, 17 yoshli futbolchining transfer narxi 42 million evroga baholanmoqda.