"Real"ning yana bir obiq prezidenti Fernando Martin koronavirus alomatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. "Marca" xabariga ko'ra, 72 yoshli Martin Madriddagi shifoxonalarda reanimatsiyada.
Martin 2006 yilda Florentino Peres iste'foga chiqqanidan keyin "Real" prezidenti bo'lgan. U ikki oy davomida klubni boshqargan va Luis Gomes Montejano foydasiga lavozimidan voz kechgan.
Eslatib o'tamiz, 21-mart kuni "Real"ning boshqa bir sobiq prezidenti Lorentso Sans vafot etgan edi.